Skip to content

Tashkilotingiz

Tashkilotingiz sizga People Intouch B.V. (“biz”, “bizni/bizga”, “bizning”) tomonidan ishlab chiqilgan SpeakUp® muloqot vositasini taqdim etishga qaror qildi.

People Intouch B.V. Niderlandiya, Yevropa Ittifoqida (YI) joylashgan va shu sababli biz shaxsiy maʼlumotlar himoyasiga oid dunyodagi eng keng qamrovli normativ hujjatlardan biri boʻlgan EU GDRP (Shaxsiy maʼlumotlar himoyasiga oid bosh reglament) hujjatiga qatʼiy rioya qilamiz.

Tashkilotingiz bilan muloqot qilish uchun SpeakUp® vositasidan foydalanayotganingizda ushbu Maxfiylik siyosati siz uchun amal qiladi.

SpeakUp® haqida

SpeakUp® orqali siz bildirishnoma qoldirishingiz va SpeakUp® muhitida Tashkilotingiz bilan xavfsiz va himoyalangan tarzda suhbat boshlashingiz mumkin.

Tashkilotingiz SpeakUp® orqali shaxsiy maʼlumotlaringizning qayta ishlanishi uchun masʼuldir va maʼlumotlar nazoratchisi vazifasini bajaradi. Agar SpeakUp® va shaxsiy maʼlumotlaringiz qay tarzda qayta ishlanishi haqida savolingiz boʻlsa, Tashkilotingizga murojaat qiling yoki Tashkilotingizning SpeakUp siyosati va/yoki Maxfiylik siyosati bilan tanishib chiqing. People Intouch maʼlumotlarni qayta ishlovchidir va biz bu vazifamizga jiddiy qaraymiz. Yaʼni biz sizni Tashkilotingiz bilan muloqot qilishning mumkin boʻlgan eng xavfsiz usuli bilan taʼminlaymiz.

Maʼlumotlaringizning maxfiyligi biz uchun muhim. Biz SpeakUp® vositasidan foydalanayotganingizda oʻzingizni xavfsiz his qilishingizni xohlaymiz hamda quyidagilardan sizni xabardor qilmoqchimiz:

Maxfiy maʼlumotlar

SpeakUp® irq, salomatlik holati haqida maʼlumotlar, siyosiy qarashlar, falsafiy eʼtiqodlar (dindor yoki ateist va h.k.), jinsiy mayl yoki huquqiy tarix kabi maxfiy shaxsiy maʼlumotlarni uzatmaydi. SpeakUp® vositasidan foydalanishda buni hisobga olishingizni soʻraymiz.

Voyaga yetmaganlar

Agar voyaga yetmagan boʻlsangiz va qonunda talab etilgan boʻlsa, SpeakUp® vositasidan foydalanishingiz uchun Tashkilotingiz ota-ona yoki vasiyingizning roziligini olishi kerak.

Bu qanday ishlaydi

SpeakUp® orqali qoldirilgan bildirishnoma bilan qay tarzda ishlanadi?

Bildirishnoma mazmuni Tashkilotingizga taqdim etiladi va u faqat Tashkilotingiz tomonidan SpeakUp® uchun belgilangan maqsadlarda ishlatiladi hamda qayta ishlanadi. Bildirishnomalar Tashkilotingizga har doim yozma shaklda taqdim etiladi. Audio bildirishnomalar taqdim etilishidan oldin transkripsiya qilinadi va audio fayl avtomatik tarzda oʻchiriladi. SpeakUp® uchun email xabarnomalari yoki push-xabarnomalarni yoqishingiz mumkin. SpeakUp® mobil ilovasi uchun push-xabarnomalarni istalgan vaqtda qurilmangiz sozlamalari orqali faolsizlantirishingiz mumkin. SpeakUp® orqali bildirishnoma qoldirilgandan keyin nima boʻlishi haqida batafsil maʼlumot olish uchun Tashkilotingizning SpeakUp siyosati va/yoki Maxfiylik siyosati bilan tanishib chiqing.

Anonimlik

SpeakUp® orqali bildirishnoma qoldirishda Tashkilotingizga shaxsingizni oshkor qilish yoki anonim qoldirishni oʻzingiz hal qilishingiz mumkin. Agar bildirishnomada shaxsiy maʼlumotlaringizni keltirsangiz, ular bildirishnomani koʻrib chiqish vaqtida Tashkilotingiz tomonidan qayta ishlanadi.

SpeakUp® vositasidan foydalanayotganda nega shaxsiy maʼlumotlar qayta ishlanadi?

SpeakUp® orqali shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash quyidagi sabablarga koʻra zarurdir:

Qanday maʼlumotlar qayta ishlanadi?

SpeakUp® vositasidan foydalanish vaqtida siz taqdim etgan ayrim maʼlumotlar avtomatik tarzda toʻplanadi hamda ular Tashkilotingizga taqdim etilmaydi. Bu maʼlumotlar sizga SpeakUp® vositasining barcha funksiyalarini taqdim etish, autentifikatsiya maqsadida, xabarnoma yuborish maqsadida (agar yoqilsa; masalan, email manzilingizga), qurilmangiz bilan xavfsiz aloqani oʻrnatish hamda xavfsizlikka tahdidlar yoki boshqa zararli harakatlarning oldini olish yoki ularni aniqlash maqsadida qayta ishlanadi. Bu maʼlumotlardan boshqa hech qanday maqsadda foydalanilmaydi va ular faqatgina belgilangan maqsad uchun zarur boʻlgan muddat davomida saqlanadi (bu muddat aniqlangan zararli harakat sababli uzaytirilgan hollar bundan mustasno).

Maʼlumotlar himoyasi

People Intouch shaxsiy maʼlumotlaringizning yoʻqolishi, nomaqbul tarzda ishlatilishi yoki oʻzgartirilishining oldini olish uchun keng qamrovli choralarni koʻrgan. SpeakUp® veb-sayti va SpeakUp® mobil ilovasi orqali uzatilayotganda barcha maʼlumotlar shifrlanadi. 

Cookie-fayllar

SpeakUp® veb-saytiga kirilganda, xavfsiz aloqani taʼminlash maqsadida seans cookie-fayllaridan foydalaniladi. Bu seans cookie-fayl maʼlumotlari ikki (2) soatdan keyin oʻchiriladi. Cookie-fayllarni oʻchirish, faolsizlantirish yoki bloklash uchun brauzeringiz sozlamalaridan foydalanishingiz mumkin.

Oʻzgartirishlar

People Intouch sizni eng yaxshi usulda xabardor qilib turishni xohlaydi hamda vaqti-vaqti bilan ushbu Maxfiylik bayonotiga tuzatish yoki oʻzgartirish kiritishi mumkin.

Qanday huquqlarga egasiz?

Tashkilotingiz shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlash va maʼlumotlar himoyasiga oid tegishli qonunlardan kelib chiqadigan huquqlaringizni taʼminlash uchun masʼuldir. Tashkilotingiz tomonidan shaxsiy maʼlumotlaringizning qayta ishlanishi va shaxsiy maʼlumotlar himoyasiga oid huquqlaringiz haqida batafsil maʼlumot olish uchun Tashkilotingizning SpeakUp siyosati va/yoki Maxfiylik siyosati bilan tanishib chiqing.

Oxirgi marta tahrirlangan sana: 2022-yil, 12-iyul

***